Global Atomic Quiz
Xush kelibsiz!

Salom!

Biz Sizni “Global Atomic Quiz 2022” xalqaro maʼrifat loyihasi ishtirokchilari orasida olqishlashdan mamnunmiz! Oldinda sizni turli murakkablik va mavzulardagi 20 ta savol kutmoqda. Ular uchta toifaga bo‘linadi:

  • “Haqiqatmi yoki yolg‘on?” – siz taʼkid haqiqatmi yoki yo‘qligini aniqlashingiz lozim.
  • “Sizning tanlovingiz” – siz 4 ta variantdan bitta to‘g‘ri javobni tanlashingiz kerak bo‘ladi.
  • “Muvofiqlik” – siz obyektlarni ularning tavsiflari yoki xususiyatlari bilan to‘g‘ri nisbatlashingiz kerak.

Taymerga eʼtibor bering! U sizning har bir savolga javoblar tanlayotgan vaqtingizni kuzatib boradi. Ammo butun viktorinani bir daqiqada bosib o‘tishga shoshilmang! Siz shoshmasdan, diqqat bilan batafsil javoblarni o‘qib chiqishingiz mumkin – ularning baʼzilarida siz boshqa savollarga ishoralar topasiz! Buning ustiga, keyingi savolga o‘tguningizcha taymer to‘xtab turadi.

Asosiy maslahat: haddan ortiq uzoq o‘ylamang – bu viktorinani Internetdan izlamasdan, mustaqil bajarish lozim, lekin juda tez javob berishga ham urinmang – aks holda biz ishtirokchi o‘rniga robot javob beryapti deb o‘ylashimiz mumkin.